empty
 
 

Fibonachchi sonlari bu nima?

Leonardo Pizanskiy – Yevropada o`rta asrning birinchi yirik matematigi, Fibonachchi taxallusi bilan mashxur. Aynan u har bir keyingi a`zosi undan oldingi ikkitasining yig`indisiga teng bo`lgan sonli qatorning matematik modelini yaratgan. Natijada 0, 1, 1, 2, 3, 5, 8, 21, 34, 55, 89, 144, 233, 377, 610... ketma-ketlik yaratilgan edi

Agar har keyingi a`zoni avvalgisiga bo`lsa, unda natija 1,618ga yaqin chiqadi. Vaqt o`tishi bilan bu son "Oltin kesim" nomini oldi. Shuni aniq aytish mumkinki, 1,618 sonini sehrli son. U misr piramidalari, qadimgi ibodatxonalar va hatto qabrlarni qurishda qo`llanilgan. "Oltin kesim" va Fibonachchi sonlari tabiatda asosiy fizik elementlarning, jumladan insonning nisbatlarini aniqlaydi.

Oltin kesim
Oltin kesim
Oltin kesim

Agar qatordagi ketma-ketlikning istagan a`zosini undan keyin keladigan songa bo`lsa, unda 0,36 nisbati chiqadi. Keyingi yangi a`zolarni avvalgilariga nisbati natijasida noyob sonlar qatori olinadi, u valyuta va fyucherslar bozorida juda ko`p qo`llaniladi. Bu sonlardan foydalanib valyuta va fyucherslar bozorida bajarilgan harakatga nisbatan tuzatuvchi yurishni hisoblash mumkin. Shuningdek, oldingi tuzatishga nisbatan maqsadni aniqlash mumkin.


Fibonachchi sonlarini tuzatuvchi va impulsliga ajratishadi

Tuzatuvchi sonlar:
11.8%; 23.6%; 38,2%;
50.0%; 61.8%; 76.4%; 88.2%;
Impulsli sonlar:
123.6%; 138.2%; 161.8%; 200.0%; 238.2%;
261.8%; 300.0%; 338.2%; 400.0%; 423.6%;
Fibonachchining barcha sonlarini yoddan bilish uchun hech qanday zaruriyat yo`q.
Ularning barchasi savdo terminallarining dasturlariga kiritilgan.

Bozorda tuzatuvchi yurish va Fibonachchi sonlari

Bozorda tuzatuvchi yurish va Fibonachchi sonlari

Odatda, kuchil impulsli harakatdan so`ng Foreks-vositaning qiymati teskari tomonga harakatni boshlaydi. Treydingda bu harakat "qaytish" yoki "tuzatish" nomini olgan. Agar Fibonachchi to`ridan to`g`ri foydalansa, unda aytarli qiyinchiliksiz qaytish qaysi darajagachi borishi va qachon trend yo`nalishi bo`yicha bozorga yana kirish mumkinligini aniqlash mumkin.

Biroq, shuni tushunish kerakki har doim ham qaytishlar Fibonachchi sonlarining qiymatiga aniq mos kelavermaydi. Aniqroq tahlil uchun mazkur darajalarga yetishish vaqtida shamli patternlarni kuzatish zarur. Agar narx burilish patternini namoyish etsa, unda aynan shu darajadan qaytish ehtimoli mumkinligini aytish mumkin.

Fibonachchi sonlari va trend harakatining yangi maqsadlari

Fibonachchi sonlari yordamida nafaqat tuzatuvchi darajalarni aniqlash mumkin. Fibonachchi to`ridan foydalanib yuqori darajadagi aniqlik bilan trend bo`yicha impulsli harakatda narx borishi mumkin bo`lgan yangi maqsadlarni aytish mumkin.

Umum qabul qilingan qoidalardan biri bu agar narx tuzatishi 38,2% yoki undan kamni tashkil etgan bo`lsa, unda maqsad qilib tuzatishdan 261,8%ni yoki 423,6%ni ham belgilash kerak. Agar Foreks bozorida kuchli tuzatish kuzatilgan bo`lsa, unda maqsadni tuzatish kattaligidan 161,8% darajada belgilash kerak.

Fibonachchi sonlari – Foreks bozorini texnik tahlil qilishning eng kuchli vositalaridan biri. Tuzatishlar chegaralari va harakatlarning maqsadlarini aniqlash uchun Fibonachchi sonlaridan Foreks bozorini tahlil qilish vositalari bilan birgalikda foydalanish bozorda ishlash uchun juda foydali bo`ladi.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback