Treyderlar orasida Foreks yoki fond bozorida savdo qilishni tanlash masalasida ko'pincha munozaralar vujudga keladi. Ba'zilar fond bozori ancha yaxshi, unda pul topish ancha osonligini isbotlasa, boshqalar, aksincha, Foreksda pul topish oson va tezroq, chunki bu yerda kredit yelkasi bor, depozitga bo'lgan talablar esa minimal dob ishontirishadi. Shuning uchun savdo mexanizmlarning barcha detallarini yaxshilab o'rganib chiqish kerak bo'ladi.
Foreks va fond bozori nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
Foreks bozori fond bozori o'zaro juda yaqin bog'langan, biroq ularda bajariladigan operatsiyalarning qonun-qoidalari bilan forq qiladi. Jumladan Foreksda savdo valyutada amalga oshiriladi, fond bozorida esa aksiyalar va obligatsiyalar bilan amalga oshiriladi. Eng katta fond bozorlari Nyu-Yorkda, Londonda va Tokioda joylashgan.
Fond bozori Foreksdan bitta muhim jihati bilan farq qiladi - bu savdo uchun kerak bo'ladigan summalardagi farqdir. Fond birjasida aksiyalar sotib olish uchun juda katta mablag' kerak bo'ladi - o'ndan yuzming va undan ortiq, biroq bu yerda savdo Foreksdan fraqli ravishda tinch va bir tekis sur'atda o'tadi, bu yerda uncha katta bo'lmagan vaqt oralig'ida juda ko'p mablag' ishlab olish mumkin, juda katta mablag'dan ajralib qolish ham mumkin.
Fond bozori o'z navbatida, birlamchi va ikkilamchi bozorga ajraladi. Birlamchi bozorda birinchi marta chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish yuz beradi, Ularning xaridorlari odatda individual va institutsional (investitsiya fondlari, sug'urta tashkilotlari va boshq.) investorlar hisoblanadi. Ikkilamchi fond bozorining tuzilmasi birjadan tashqari bozordan va fond birjasidan tashkil topadi. Bu yerda emitatsiyalangan va qimmatli qog'ozlarni boshqa investorlarga qayta sotish amalga oshiriladi. Bu bozorda bosh ishtirokchilar spekulyantlar hisoblanib, ular qimmatli qog'ozlarni pastroq narxlarda sotib olib, keyin esa ularni yuqoriroq narxda sotishadi.
Fond bozori va Foreksning afzalliklari va kamchiliklari.
Fond bozorida savdo qilishning asosiy afzalliklarini ko'rib chiqamiz:
- - qimmatli qog'ozlar, opsionlar va fyucherslar bilan savdo qilish;
- - aksiyalar harakatini oldindan bilish mumkinligidir. Agar valyuta juftliklarining holatiga juda ko'p turli xil omillar (inflyatsiya, foizli stavkalar, rivojlangan mamlakatlardagi ishsizlik darajasi va boshq.) ta'sir qilsa, u holda aksiyalarning esa tadqirini oldindan bilish osonroq. Biroq biror xil muhim voqealar, bayonotlar, statistik ma'lumotlar natijasida keskin dinamika (narxning tushib ketishi yoki ko'tarilishi)ga moyildir.
Kamchiliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- - moliyaviy-iqtisodiy inqiroz yuz bergan holda aktsiyalarning qadrsizlanishi;
- - mijozlarning orderlarining sirpanishi, dam olish kunlaridan keyingi doimiy geplar (uzilishlar) tufayli orderning ko'rsatilgan qiymat bo'yicha bajarilishini qiyinlashtiradi;
- - birinchi badal miqdori ancha katta;
- - aksiyalar savdo portfelining likvidligi past darajada, o'z tovarini sotish uchun ba'zan uzoq muddat kutishga to'g'ri keladi;
- - o'zgaruvchanlik katta (narxlarning tebranishi).
Foreks bozorining afzalliklari orasida eng muhimlarini ko'rsatamiz:
- - barqarorlik, axir Foreks birja indeksining tushib ketishidan va bozordagi yagona tovar bo'lgan valyutaning o'ziga xosligi tufayli moliyaviy sinishdan himoyalangan;
- - tovarning likvidligi. Valyutani to'la hajmda va kerakli qiymatda sotilishida muammolar yuzaga kelmaydi, chunki xalqaro Foreks bozorida xaridorlar juda ko'p;
- - kunu tun kirish mumkin. Istagan payt va internetga kirish mumkin bo'lgan istagan joyda bitim tuzish mumkin;
- - o'zgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta narxlarining har kunlik o'zgarishlari 1%dan oshmaydi;
- - birinchi badal uncha katta emas. Hatto bir dollar bilan ham Foreksda Ish boshlash mumkin;
- - kredit yelkasi mavjud. Valyuta bozrida operatsiyalarni amalga oshirish uchun faqat kafolat marjasinigina kiritish zarur;
- - bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DEMO hisob-varag'ini ochish mumkinligi.
Foreks bozorining ayrim kamchiliklari:
- - savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas. Yo'qotishlarni o'zingizdan boshqa hech kim nazorat qilmaydi;
- - bitim hajmlarini noto'g'ri tanlash tufayli mablag' yo'qotish.
Yakunida quyidagilarni aytib o'tmoqchimiz:
bozorni tanlash, shubhasiz treyderning o'ziga bog'liq. Shuning uchun tanlovni shaxsiy qarashlar va ustuvorliklarga tayangan holda amalga oshirish kerak. Bozordagi yo'nalishlarni kuzating va bo'lishi mumkin bo'ladigan xatar omillarini hisobga oling. Instaforeks Sizga savdoingiz omadli bo'lishini tilaydi!