The Japanese Candlesticks (Japanese Candles) charting technique is a method of technical analysis of the Forex market that allows traders to determine the movement of prices over a certain period of time. The japanese candlestick patterns show the market sentiment and give signals about possible trend reversals.
Yapon shamlari (Japanese Candles, Candlestick) - valyuta bozorini texnik tahlil qilishning ommabop uslublaridan biri bo'lib, u savdoga XVIII asrda Yaponiyadan kirib keldi va hozirgi kungacha butun dunyodagi treyderlar orasida talab etiladigan uslubdir. Yapon shamlari o'z nomini elementlari ko'z bilan qaraganda shamni eslatadigan grafigi tufayli oldi. Grafikning o'zi narxning ochilishi va yopilishi darajalarining nisbatini aks ettiradi, shuningdek ma'lum vaqt oraliqlarida narx diapazonining maksimum va minimumlarini ko'rsatadi.
Grafikning koordinatalar tizimi to'g'ri burchakli bo'lib, unda vertikal o'q narx miqdorini, gorizontal o'q esa vaqtni ko'rsatadi.
Grafikni asosiy elementi silindr bo'lib, u shamning tanasi deb ataladi, u ochilish va yopilish narxlari orasidagi oraliqni namoyish qiladi.
Pastki gorizontal chiziq ochilish (open) narxini, yuqoridagisi - yopilish (close) narxini ko'rsatadi. Yuqori va pastki vertikal chiziqchalar mos holda narxning maksimumi (high) va minimumi (low)ni aks ettiradi.
U yoki bu davrda valyuta kursining o'zgarishiga bog'liq holda shamning tanasi ma'lum bir rangga bo'yaladi, odatda, qora yoki oq rangga.
Yapon shamlari grafigining ma'nosini aniqlash qoidalari:
• ochilish va yopilish narxlarining teng kattaliklari grafikda bitta gorizontal chiziq bilan aks ettiriladi, shamning tanasi esa xoch shaklini oladi
• ochilish narxi yopilish narxidan yuqori bo'lgan holda tana qora rangga bo'yaladi, bu bozorning pastga tushganini anglatadi
• agar ochilish narxi yopilish narxidan past bo'lganda, tana oqligicha qoladi, bu bozorning ko'tarilishini anglatadi
• shamning uzunligi ochilish va yopilish narxlari o'rtasidagi oraliqni ko'rsatadi
Shamning hamma elementlari qayd qilinib bo'lishi va tana to'la qurilishi bilan grafik o'ngga siljiydi va keyingi vaqt oralig'ida yangi shamning shakllanishi boshlanadi.
Shunday qilib, grafik shamlarning ketma-ketligini ifodalaydi va treyderning hisoblashlariga ketadigan vaqtni ancha tejab narxning harakati dinamikasini ask ettiradi.